Haydovchilarni tayyorlash va imtihon qilishning yangi tizimi yaratiladi. Bobojonovga topshiriq berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi. Yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektorda prezident tomonidan Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga bu borada topshiriq berildi.
«Haydovchilarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni imtihon qilish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
Yildan yilga avtotransport vositalari va haydovchilar soni ko‘paygani bilan ularning madaniyati, o‘zaro hurmat va bilim-tajribasi pasayib borayotganini ham hammamiz ko‘rib turibmiz, bu ham adolatli haqiqat.
Bunda avariyalarning 75 foizini 35 yoshgacha bo‘lganlar sodir etgan. Har yili 500 ming kishi haydovchilik guvohnomasi olgani bilan, 25 foizi mashg‘ulotlarga qatnashmaydi.
Qaysi hokim yoki ichki ishlar boshlig‘i biror marta avtomaktablarga borgan, ulardagi o‘qish jarayoni bilan qiziqqan? Hech kim, hech qachon.
Umuman, bir paytlar Ta’lim inspeksiyasi avtomaktablar nazoratini eplay olmadi. Endi haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berishga faqat va faqat vazir [Po‘lat] Bobojonov shaxsan javob beradi va bir oy muddatda yangi tizim yaratadi.
Avtomaktablar va imtihon markazlariga talablarni qayta ko‘rib chiqadi, ularga litsenziyalarni o‘zi shaxsan beradi», deydi prezident.
Shuningdek, Ichki ishlar akademiyasi rahbari Rustam Xatamov avtomaktablarning metodologiyasi, o‘quv dasturi, o‘qituvchilarning malakasi va o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha mas’ul bo‘lishi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Olim Saidov haydovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi va ularning reytingini yuritishi ma’lum qilingan.
Yig‘ilishda haydovchilarning javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda to‘lanadigan sug‘urta badalini jarima ballaridan kelib chiqib belgilash tartibi joriy etilishi belgilandi.
Shu bilan birga, yo‘l harakati qoidalari ancha eskirgani, xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Qonunchilikka kiritiladigan hamma yangiliklar deputatlar, ekspertlar va jamoatchilik bilan bamaslahat ishlab chiqiladi», degan prezident.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak
Jahon | 15:42
-
Yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak – prezident
O‘zbekiston | 14:52
-
Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda
Jahon | 14:48
-
Alshaya Group O‘zbekistonda ilk savdo nuqtalarini ishga tushiradi
O‘zbekiston | 14:33
Mavzuga oid

11:31
Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklarga to‘g‘ri keladi - Prezident

11:25
“Xalq nazorati” elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi

11:14
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

11:05