Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Makron bilan yuzma-yuz suhbatda o‘zini qanday tutgani ma’lum qilindi
Rossiya prezidenti besh soatdan ortiq davom etgan muzokaralar chog‘ida asosan tarix va NATOning «xiyonati» haqida gapirgan.
Foto: Reuters
Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvning asosiy vaqtini Rossiyaning G‘arbga nisbatan e’tirozlarini gapirish bilan o‘tkazdi, deb yozadi Reuters o‘z manbalariga tayanib.
«Putin unga besh soatlik tarixiy revizionizmni taqdim etdi», — degan Reuters suhbatdoshlaridan biri.
Vladimir Putin va Emmanuel Makron uchrashuvi yuzma-yuz, birgina tarjimon guvohligida bo‘lib o‘tgandi.
Ikkinchi suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, Makron muzokaralardan so‘ng atrofidagilarga Putin 2019 yildagi uchrashuvdagiga nisbatan «keskinroq va tarixni ko‘p gapiradigan» bo‘lib qolgandek tuyulganini aytgan.
Reuters suhbatdoshlarining aytishicha, Putin uchrashuv davomida Makronga G‘arb NATOni sobiq ittifoq davlatlari hisobiga kengaytirishni boshlab, Rossiya oldidagi majburiyatlarini buzganini ta’kidlagan.
Putin suhbat davomida 1997 yildagi voqealar - Polsha, Vengriya va Chexiya alyansga kirish uchun taklif olganini bir necha marta gapirgan. U G‘arb va’dasini buzib, xiyonat qilganini bildirgan.
Shuningdek, Vladimir Putin Ukraina tarixiga to‘xtalgan. U 2014 yildagi voqealarni davlat to‘ntarishi deb atagan. Vladimir Zelenskiyni esa «AQSh tomonidan nazorat qilinadi» degan, deb yozadi agentlik.
Makron va Putin o‘rtasidagi muzokaralar 7 fevral kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar besh soatdan ortiq davom etdi.
Mavzuga oid
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
08:29 / 21.01.2026
Makronning taklifi: Tramp va Mers Parijga borishni rejalashtirmayapti
21:51 / 20.01.2026
Tramp Yevropa rasmiylarining o‘ziga yozgan xabarlarini e’lon qilib yubordi
20:07 / 20.01.2026