O‘zbekiston | 23:15 / 12.02.2022
9319
2 daqiqa o‘qiladi

“Prezident aytmaguncha, tashabbus yo‘q” - Shavkat Mirziyoyev YTHlar ko‘pligi haqida

«O'zbekiston 24» telekanalida prezident Shavkat Mirziyoyevning haftalik faoliyatiga bag‘ishlangan «Menimcha» loyihasining navbatdagi soni namoyish etildi.

Ko‘rsatuvda 11 fevral kuni prezident raisligida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan lavha ko‘rsatildi.

Selektorda prezident O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi masalasi izdan chiqib ketganini ta’kidladi.

“Ochiq gap, hammamiz buni tashlab qo‘ygandik. Shu ahvolga kelib turibmiz hozir. Bu fojia, bu izdan chiqib ketgan soha. Har bir masalaning rejasi bor-ku. Ammo prezident aytmaguncha, tashabbus yo‘q. Menga kun emas, soat yetmayapti masalalarning ichiga kirishga”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident o‘lim bilan bog‘liq avariya o‘choqlari bo‘lgan hududlarni sanadi, ammo mas’ullar buni bila turib na bir taklif, na tashabbus berganini aytdi. “O‘ng qulog‘i bilan ham, chap qulog‘i bilan ham bugungi topshiriqlarni eshitish va bajarish shart” dedi hamda ko‘pchilikka sinov muddatini belgiladi, ayrimlar shu kunning o‘zidayoq ishdan olindi.

Jumladan, Namangan viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Odil Otaxo‘jayev, Samarqand viloyati IIB YHXB boshlig‘i, polkovnik Farhod Shayzoqov hamda Andijon viloyati IIB YHXB boshlig‘i, podpolkovnik Saidolim Zingirovlar lavozimidan ozod qilindi.

Mavzuga oid