Foto: Konnichiwa Club

Razvedkachilar tayyorlash uchun o‘g‘irlangan odamlar

Yaponiya hukumati eng kamida 17 kishi o‘g‘irlanganini da’vo qiladi. KXDR o‘g‘irlanganlarning soni 13 ta ekanini aytadi. Shimoliy Koreya josuslari tomonidan sodir etilgani gumon qilinadigan boshqa odam o‘g‘irlashlar dalillar yetarli bo‘lmagani va boshqa qator vajlarga ko‘ra, na Yaponiya va KXDR rasmiylari tomonidan tan olinmagan.

 Yaponiya hukumati o‘g‘irlab ketilganini rasman tan olgan fuqarolar. Foto: JapanForward

Shimoliy Koreya rasmiylari tutqunlikdagilarning besh nafari muzokaralar natijasida o‘z vataniga qaytgani, qolgan sakkiz kishi esa vafot etganini ta’kidlaydi. Biroq Yaponiya buni yolg‘on ma’lumot deb hisoblab, o‘g‘irlab ketilgan fuqarolarining ishi qaytadan tergov qilinishini talab qilib keladi.

O‘g‘irlab ketilganlar o‘rtacha 20-30 yoshda bo‘lishgan. Ularning eng kichigi Megumi Yokota ismli qiz bo‘lib, u atigi 13 yoshda edi. O‘g‘irlanganlarning aksariyati siyosat va hukmron doiralardan uzoq, oddiy odamlar bo‘lgani aytiladi.

O‘g‘irlab ketilgan yaponlarning oila a’zolari nodavlat tashkilot tuzib, muammoga hukumat va xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratib kelmoqda. Foto: Sukuukai

O‘g‘irlab ketilgan yaponlar Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari tomonidan Yaponiya hududida amalga oshiriladigan razvedka amaliyotlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga jalb etilgan. Xususan, ular razvedka xizmatlari xodimlariga yapon tili va madaniyatini o‘rgatish bilan shug‘ullangan.

Yaponiya bosh vaziri