Yaponiya parlamentining Vakillar palatasiga (quyi palata) ötkazilgan muddatidan oldingi saylovlarda boş vazir Sanae Takaiçi boşçiligidagi hukmron Liberal-demokratik partiya ğalaba qozondi. Bu haqda yakşanba kuni, 8 fevralda, Yaponiyaning NHK telekanali ekzit-pollar ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Reuters agentligi aniqlaştirişiça, LDP parlamentdagi 465 örindan 316 ta örinni olgan — bu partiya tarixidagi eng yaxşi natija va 64 yoşli Sanae Takaiçi uçun katta ğalaba hisoblanadi.
Yaponiyaning ilk ayol boş vaziri avvalroq özining yuqori reytingidan foydalaniş maqsadida navbatdan taşqari saylov ötkazişni talab qilgan edi. U 2025 yil oxirida hukmron partiya rahbari lavozimiga tayinlanganidan beri katta qöllab-quvvatlovga ega.
Saylovda jami 1 284 nafar nomzod iştirok etdi. Ular 289 ta örin uçun bir mandatli okruglarda ovoz beriş orqali kuraşdi, yana 176 ta örin esa partiya röyxatlari böyiça taqsimlanadi.
64 yoşli Sanae Takaiçi 2025 yil oktyabrda Yaponiya boş vaziri etib tayinlangan. Bundan oldin LDPning avvalgi rahbari Sigeru Isiba ixtiyoriy ravişda iste’foga çiqqan. Jurnalistlar fikriça, uning ketişi 2024 yilgi saylovlarda partiya mağlubiyati hamda LDP içida böliniş xavfi kuçaygani bilan boğliq bölgan.
Takaiçi öng qaraşlari bilan tanilgan: uni qat’iy konservator, millatçi va 2022 yilda (boş vazirlikdan ketganidan keyin) öldirilgan Sindzo Abening siyosiy vorisi deb ataşadi. Ilgari Takaiçi ikki marta içki işlar va kommunikatsiyalar vaziri lavozimini egallagan.
Hukumat rahbari lavozimiga kirişgaç, Sanae Takaiçi Yaponiyaning xavfsizlik va mudofaa sohasidagi siyosatini qayta körib çiqiş, mamlakatning hujumkor harbiy imkoniyatlarini kuçaytiriş, qurol-yaroğ eksport qilişga qöyilgan taqiqni bekor qiliş va umuman Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yaponiya amal qilgan patsifistik tamoyillardan çekinişni va’da qildi. Şuningdek, Takaiçi Yaponiyada muhojirlar böyiça qonunçilikni qat’iylaştirişni ham ilgari surdi.
Takaiçi, şu bilan birga, Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Margaret Tetçerga havas qiladi va özini yaponiyalik “temir xonim” deb ataydi. Lavozimga kelgaç, u AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan yaqin aloqalar örnatişga muvaffaq böldi va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan Tayvanga nisbatan materik Xitoyning ehtimoliy hujumi haqidagi bayonotlari sabab tanqidlarga uçradi.

















