Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning yangi bosh vaziri Kim Chen In bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini bildirdi
Tokio Pxenyandan KXDR maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan yapon fuqarolari muammosini hal qilishni talab qilmoqda.
Yaponiyaning yangi bosh vaziri Fumio Kisida o‘g‘irlab ketilgan yapon fuqarolari muammosini hal qilish uchun KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor. U bu haqda Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
“O‘g‘irlab ketilgan fuqarolar muammosi biz uchun juda muhim hisoblanadi. Biz barcha o‘g‘irlab ketilgan fuqarolar zudlik bilan qaytarilishini talab qilamiz. Men Kim Chen In bilan dastlabki shartlarsiz shaxsan uchrashishga tayyorman”, – dedi u.
Tokio Pxenyandan KXDR maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan yapon fuqarolari muammosini hal qilishni talab qilmoqda.
Pxenyan ilk bor 2002 yilda Yaponiyaning 13 nafar fuqarosi o‘g‘irlab ketilganini tan olgan va ularning besh nafarini qaytargandi. Qolgan fuqarolar esa vafot etgan deb e'lon qilingan, marhumlarning qarindoshlariga jasadlar qoldiqlari jo‘natilgan, ularning kimligini isbotlashning imkoni bo‘lmagandi.
Dushanba kuni Yaponiya parlamentining har ikki palatasi ko‘pchilik ovoz bilan Fumio Kisidani bosh vazirlikka tasdiqladi. U mamlakatning 100-bosh vaziri bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:36 / 06.06.2026