O‘zbekiston | 09:22 / 14.02.2022
3363
1 daqiqa o‘qiladi

Chimyonda yana qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda yana qor ko‘chish xavfi haqida e’lon qildi.

Foto: vestikavkaza.ru

FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 14 fevral kuni soat 08:00 dan 15 fevral soat 08:00 gacha Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.

Avvalroq, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chish xavfi 14 fevralgacha saqlanib qolishini ma’lum qilgandi.

Bugun, 14 fevral kuni respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi.

Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid