Jahon | 17:53 / 15.02.2022
3317
2 daqiqa o‘qiladi

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ovlash taqiqlangan baliqlarni ovlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U ovlash taqiqlangan baliqlarni ovlab, hayvonot dunyosiga 101,5 million so‘m zarar yetkazgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, fuqaro F.B. o‘z boshqaruvidagi avtotransport vositasida ovlash taqiqlangan mayda hajmli 3 611 bosh “Qizilqanot” va 15 bosh “Oqsla” baliqlarini olib ketayotganda ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Tergovga qadar tekshiruvda, F.B. taqiqlangan baliqlarni ovlab, hayvonot dunyosiga 101,5 million so‘m zarar yetkazgani, tabiiy ko‘l hududidan unga tegishli bo‘lgan baliq ovlashda taqiqlangan 4 dona mayda hajmli "Leska” to‘rlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid