Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joy narxlari oshgan va pasaygan hududlar ma’lum qilindi
O‘tgan oyda Toshkent shahrida ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari 2,4 foizga qimmatlashgan. Eng katta o‘sish Mirzo Ulug‘bek (5 foiz), Mirobod (4,5 foiz) va Yashnobod (4,3 foiz) tumanlarida kuzatilgan.
Foto: Kun.uz
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, 2022 yil yanvar oyida respublika bo‘yicha 17,7 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan. Bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 2,4 foizga kamroq, 2020 yilning yanvar oyi bilan taqqoslaganda esa o‘sish sur’ati 15 foizni tashkil etgan.
Mutaxassislarning fikricha, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik har yil boshida muntazam ravishda pasayadi, bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq. Yanvar oyidagi yangi yil uchun beriladigan dam olish kunlari va ish ta’tillari paytida xaridorlar odatda ko‘chmas mulk sotib olmaydi. Bahorga kelib, uy-joy bozoridagi faollik qayta tiklanadi.
O‘tgan oyda hududlar kesimida eng yuqori o‘sish sur’atlari Qashqadaryo (36,4 foiz), Farg‘ona (16 foiz), Surxondaryo (11,1 foiz) viloyatlarida kuzatildi.
Toshkent (17,6 foiz) viloyati, Qoraqalpog‘iston (14,4 foiz) va Toshkent shahrida (6,7 foiz) sezilarli kamayish qayd etilgan.
Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvar oyida ikkilamchi bozorda uy-joy o‘rtacha narxlari o‘tgan oyga nisbatan 1,4 foizga o‘sgan.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Farg‘ona (5,2 foiz), Andijon (5 foiz) va Navoiy (4,5 foiz) viloyatlarida kuzatilgan bo‘lsa, Jizzax (4,2 foiz), Surxondaryo (3,1 foiz), Namangan (2,3 foiz) va Sirdaryo (2,1 foiz) viloyatlarida narxlar pasayishi qayd etilgan.
Toshkent shahrida uy-joy narxlari 2,4 foizga qimmatlashgan. Eng katta o‘sish Mirzo Ulug‘bek (5 foiz), Mirobod (4,5 foiz) va Yashnobod (4,3 foiz) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Uchtepa (1,4 foiz) va Olmazor (0,7 foiz) tumanlarida narxlar arzonlashgan.
Avvalroq, 2021 yil yakunlariga ko‘ra, hududlar kesimida uy-joy narxlarining eng baland qiymati Toshkent shahri (1 kv metr uchun 7 mln 952,3 ming so‘m), Samarqand (5 mln 745,1 ming so‘m), Navoiy (4 mln 356,1 ming so‘m) va Toshkent (4 mln 208,9 ming so‘m) viloyatlarida, eng past narxlar esa Sirdaryo (2 mln 715,7 ming so‘m), Xorazm (2 mln 814,5 ming so‘m) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (2 mln 879,9 ming so‘m) qayd etilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:27 / 03.04.2026
Uy va avtomobil savdosi endi faqat bank orqali bo‘ladi. Bu tizim qanday ishlaydi?
21:50 / 24.03.2026
Oltin keskin arzonlashdi. Sabab nima?
18:22 / 21.03.2026
Markaziy bank so‘rovnomasi: o‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan
10:16 / 18.03.2026