O‘zbekiston | 07:35 / 16.02.2022
2997
2 daqiqa o‘qiladi

Professional ta’lim tizimiga dual ta’lim shakli joriy etiladi

Foto: Getty Images

Prezidentning “Professional ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan islohotlarni jadallashtirish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

2022 yil 1 iyundan boshlab professional ta’lim tizimiga dual ta’lim shaklini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ham davlat granti ajratiladi.

Dual ta’lim shaklida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga to‘lanadigan ish haqi daromad solig‘i va yagona ijtimoiy soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. Dual ta’limda ishtirok etayotgan ish beruvchilarga esa har bir ustoz uchun bir yilda BHMning 4 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasalariga davlat tomonidan har yili 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Avvalroq, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga stipendiya joriy etilishi mumkin ekani xabar berilgandi

Tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni sotishdan hamda bo‘sh turgan bino, inshootlar, o‘quv-tajriba maydonlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larni o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari va xomashyo materiallari, xorijiy adabiyot va o‘quv qo‘llanmalarni xarid qilish, xodimlar malakasini oshirish va rag‘batlantirish, o‘quvchilarga stipendiya to‘lash uchun mustaqil sarflash huquqlari beriladi.

Mavzuga oid