Oliy ta’lim vazirligi xabariga köra, hujjat bilan professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim şaklini joriy qiliş imkoniyatini kengaytiriş va ta’lim jarayonlarini bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriş möljallanmoqda.
Qayd etilişiça, dual ta’lim şaklini joriy qilgan eng yaxşi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 mln sömdan mablağ ajratiladi.
Professional ta’lim muassasasi öquv-amaliyoti jarayonida işlab çiqarilgan mahsulotlarni (tovar, iş, xizmatlarni) sotişi mumkin. Professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq tölaşning yangi tabaqalaştirilgan tartibi joriy etiladi.
Tizimida professional ta’lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralarga yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni sotişdan hamda böş turgan bino, inşootlar, öquv-tajriba maydonlari va yer uçastkalarini ijaraga berişdan tuşgan mablağlarni öquv jarayoni uçun zarur bölgan ehtiyot qismlari va xomaşyo materiallari, xorijiy adabiyot va öquv qöllanmalarni xarid qiliş, xodimlar malakasini oşiriş va rağbatlantiriş, öquvçilarga stipendiya tölaş uçun mustaqil sarflaş huquqlari beriladi.
2022 yil 1 sentyabrdan boşlab töliq yoki qisman davlat budjetidan mablağ bilan ta’minlanadigan professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq tölaşning yangi tartibi joriy etiladi.
Unga muvofiq, kasb-hunar maktabi öqituvçisi, psixologi, yoşlar yetakçisi va tarbiyaçisining bazaviy tarif stavkalari umumta’lim muassasalari tegişli xodimlari bazaviy tarif stavkalariga, kasb-hunar maktabi birinçi malaka toifasiga, ikkinçi malaka toifasiga ega bölgan va malaka toifasiga ega bölmagan işlab çiqariş ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegişli ravişda umumta’lim muassasalari ikkinçi malaka toifali öqituvçisi, oliy ma’lumotli öqituvçisi va örta maxsus ma’lumotli öqituvçisining bazaviy tarif stavkalariga tenglaştiriladi.












