Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik ekspert Rossiya Ukrainaga hujum qiladigan yangi sanani ma’lum qildi
Ekspertning fikricha, Rossiya Olimpiada yopilish marosimi o‘tkazilmagunicha Ukrainaga hujum qilmaydi.
Rossiya Ukrainaga 20 fevraldan keyin bostirib kirishi mumkin, deb yozdi Politico nashri ekspert fikriga tayanib.
CNA tahlil markazining Rossiya qurolli kuchlari bo‘yicha eksperti Maykl Kofmanning fikricha, Rossiya armiyasining harakatlarini aynan shu sanadan so‘ng kuzatish kerak.
Ta’kidlanishicha, 20 fevral kuni Rossiya va Belarus hamkorligidagi «Ittifoq qat’iyati» harbiy mashg‘ulotlari yakuniga yetadi. Kuzatuvchilar g‘arbiy harbiy okrug harbiylari rostdan ham sharqqa qaytgan-qaytmaganini kuzatishi kerak, dedi tahlilchi.
Bundan tashqari, 20 fevral kuni xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi yakunlanadi, deya qayd etgan Politico. Rossiya Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Yevropada bo‘lib turgan vaqtda hujum boshlaydi, deyiladi maqolada.
Shuningdek, tahlilchi Rossiya Ukrainaga 20 fevraldan keyin hujum qilishining yana bir sababi sifatida Pekindagi Olimpiya o‘yinlarini ko‘rsatgan. Rossiya Olimpiada yopilish marosimi o‘tkazilmagunicha hujum qilmaydi, deya fikr bildirgan ekspert.
G‘arb OAV bir necha oydan buyon Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi haqida yozmoqda. Avvalroq qator nashrlar hujum 16 fevral kuni boshlanishini yozgandi.
Mavzuga oid
18:44
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026