2021 yilda O‘zbekiston yo‘llarida sodir bo‘lgan YTH qurbonlari soni ma’lum qilindi
Ichki ishlar vazirligi 2021 yil uchun yo‘l-transport hodisalari qurbonlari soni bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili O‘zbekistonda 2 426 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboni bo‘lgan, bu kuniga o‘rtacha 6 nafarni tashkil etadi. 1 150 holatda haydovchilar piyodalar o‘tish joyida odamlarni urib yuborgan. Yo‘l-transport hodisalarini asosan hali 30 yoshga to‘lmaganlar sodir etgan.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil davomida O‘zbekistonda 10 001 ta yo‘l-transport hodisasi rasman qayd etilgan, 2 426 kishi halok bo‘lgan, 9 230 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p baxsiz hodisalar Farg‘ona viloyatida – 1 469 ta, Toshkent viloyatida – 1 336 ta va Samarqandda qayd etilgan – 1 129 ta. Undan keyin Namangan viloyatida – 1 082 ta, Toshkent shahrida - 1 073 ta, Andijon viloyatida – 848 ta, Qashqadaryo viloyatida 552 ta, Qoraqalpog‘iston - 506, Buxoro viloyati - 436, Surxondaryo viloyati - 376, Xorazm viloyati - 342, Navoiy viloyati - 329, Jizzax viloyati - 321 va Sirdaryo viloyatida kuzatilgan - 202 ta.
Yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari belgilangan tezlik me’yoriga rioya qilmaslik – 2 010 ta (20,1 foiz), yo‘llar nosozligi – 2 009 ta (20,1 foiz), shuningdek, piyodalarning yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tishiga aloqador – 1 380 ta (13,8 foiz).
YTHlarning salmoqli qismida piyodalar ishtirok etgan - 4 698 nafar, shundan 1 621 nafari bolalardir. Velosipedchilar ishtirokida - 1 075 ta, mototsiklchilar ishtirokida 84 ta YTH ro‘y bergan.
Yo‘l-transport hodisalarining 2 008 tasini 25 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar, 2 057 tasini esa 30 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar sodir etgan.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
16:23 / 29.07.2024