Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda xonadonida 2 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Fuqaroning uyidan topilgan gashish giyohvandlik moddalarining jami og‘irligi 2 kilogramm 58 gramm ekani aniqlangan.
2022 yilning 14 fevral kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-son IIB tezkor xodimlari tomonidan shaharning Spitamen shohko‘chasida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan A.J. to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, yonida gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.
Shundan so‘ng, fuqaroning yashash uyida tintuv o‘tkazilib, yotoqxonasidagi javonning tagida paketga o‘ralgan 1 kilogramm gashish hamda 2 dona yarim litrli maxsus yelim idish borligi aniqlangan.
Bundan tashqari, fuqaroning uyidan topilgan bir dona giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama ham hujjatlashtirib olingan.
Samarqand viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limining ma’lumotnomasida hujjatlashtirib olingan barcha gashish giyohvandlik moddalarining jami og‘irligi 2 kilogramm 58 gramm ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 2022 yil 15 fevral kuni Samarqand shahrida yashovchi ayol yashash uyiga 1 kilogramm gashish hamda 450 gramm opiy olib kelayotganda ushlangan.
Mavzuga oid
08:53 / 18.04.2026
Chegara hududida qariyb 55 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi
13:16 / 22.01.2026
Toshkentda “zakladka” bilan bog‘liq holat: katta miqdorda giyohvand moddalar musodara qilindi
11:56 / 25.12.2025
Toshkentda giyohvand moddalar savdosi uchun tashkil etilgan Telegram-bot fosh etildi
11:58 / 17.12.2025