Jamiyat | 09:21 / 17.02.2022
1569
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 1 kilogramm gashish hamda 450 gramm opiy giyohvandlik moddalarini olib kelayotgan ayol qo‘lga olindi

Ayol uyda tintuv o‘tkazayotgan IIB xodimlarini ko‘rib qo‘lidagi giyohvand moddalar solingan sellofan paketni uloqtirib qochganda ushlangan.

Foto: IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 15 fevral kuni Samarqand shahar IIO FMB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari Samarqand shahar G‘ijduvon ko‘chasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan R.S.ning yashash xonadonida tintuv tergov harakatlarini o‘tkazayotgan vaqtda, uning turmush o‘rtog‘i 1988 yilda tug‘ilgan A.R. ko‘chadan uyga kirayotib qo‘lidagi yelim paketga o‘ralgan narsani yerga tashlab, shubhali tarzda qochadi.

Ayol tezda ushlanib, u tashlab qochgan paket xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, ichida og‘irligi 1 kilogramm gashish hamda 450 gramm opiy giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan hamda tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid