09:05 / 18.02.2022
11030

Sergelidagi avtodo‘konda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Sergeli tumanida joylashgan avtodo‘konda yong‘in yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Foto: FVB

Bugun, 18 fevral kuni soat 03:30 da Toshkent shahar Sergeli tumani «Bunyodobod» MFY Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan yuk avtomobillari va ehtiyot qismlarini sotish do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 03:36 da yetib borib, yong‘in soat 03:58 da qurshab olingan va soat 04:10 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida do‘konning 900 kvadrat metr maydonida ichki shift qismi va tashqi alyukobond qoplamasi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top