Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining tvitterdagi akkaunti soxtaligi ma’lum qilindi
Qori Fasihiddin Fitratning nomiga ochilgan akkauntda toliblar faoliyatiga oid xabarlar joylashtirib kelinadi.
Toliblar qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Qori Fasihiddin Fitratning tvitterdagi akkaunti soxta, deb ma’lum qildi "Tolibon" harakati matbuot kotibi Zabihulla Mujohid.
"Mamlakat faxriy yetakchisi Qori Sohib Fasihiddinning tvitterda akkaunti yo‘q. Tvitterdagi uning nomidan ochilgan akkaunt va undagi ma’lumotlar soxta", – deb yozdi Mujohid.
U shuningdek, Fitratning nomidagi akkauntda e’lon qilingan toliblar “shimoliy chegaralarga 10 ming nafar jangarini jo‘natgani” to‘g‘risidagi xabar skrinshotini joylashtirdi.
Fitratning nomiga ochilgan akkauntda toliblar faoliyatiga oid xabarlar joylashtirib kelinadi. Akkaunt 2021 yil noyabrda ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026