O‘zbekiston | 09:48 / 19.02.2022
11130
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasi keshbek to‘lashni 21 fevraldan keyin boshlaydi

Davlat soliq qo‘mitasi 1 foizlik keshbek qachon qaytarilishi masalasiga aniqlik kiritdi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

2022 yil 1 yanvardan QR-kodli xarid cheklarini «Soliq» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 foizlik keshbekka ega bo‘lmoqda.

Sotib olingan tovarlar qaytarilganda tadbirkorlik sub’yektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati mavjudligi va ular tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasigacha etib belgilanganini inobatga olgan holda, keshbek summasi 21-25-sanalarda qaytarilishi ma’lum qilindi.

«Ya’ni, yanvar uchun fevral oyining 21-25-sanalarida, fevral uchun esa mart oyining 21-25-sanalarida keshbek qaytariladi», deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, agar chek bermaslik holatlari yuz bersa «Soliq» mobil ilovasining «Soliq hamkor» bo‘limi orqali xabar berish mumkin. Murojaatchiga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi mukofot sifatida to‘lab beriladi.

Ma’lumot uchun, to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.

Avvalroq, DSQ 16 mingga yaqin cheklar uchun keshbekni texnik xodimlar ro‘yxatdan o‘tkazgani bois bekor qilgandi

Mavzuga oid