2022 yil 1 yanvardan boşlab çek taqdim qilganlik uçun xaridorlarga xarid summasining bir foiz miqdorida keşbek beriş amaliyoti yölga qöyilgandi. DSQ 15 900ta çek uçun keşbek bekor bölganini ma’lum qildi.
“Bugungi kunga qadar keşbek uçun röyxatdan ötkazilgan çeklar tahlil qilinganda, ayrim texnik xizmat körsatiş markazi (TXKM) xodimlari keşbekka ega böliş maqsadida vazifalarini suiiste’mol qilib, özgalar tomonidan amalga oşirilgan xarid uçun şakllangan çeklarni öz nomidan röyxatdan ötkaziş holatlari aniqlandi.
Jumladan, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan özlari xizmat körsatayotgan 281ta tadbirkorlik sub’yektining 11 mlrd sömlik 15,9 mingta xarid çeki röyxatdan ötkazilgan”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Soliq qömitasi texnik xizmat körsatiş xodimlari qança miqdorda keşbekni röyxatdan ötkazgani haqida ma’lumot bergan:
Q.N. tomonidan 178 nafar tadbirkorning 7 524ta 5,8 mlrd sömlik;
Q.A. tomonidan 80 nafar tadbirkorning 5 206ta 4,6 mlrd sömlik;
R.F. tomonidan 23 nafar tadbirkorning 3 131ta 0,6 mlrd sömlik çeklari “Soliq” mobil ilovasida QR-kod orqali röyxatdan ötkazilgan.
“Soliq” mobil ilovasida yuqoridagi şaxslar tomonidan xaridni amalga oşirmasdan röyxatga olingan çeklar uçun hisoblangan keşbek summasi bekor qilingan.
Bir oyda qança keşbek röyxatdan ötkazilgan?
Ma’lumotlarga köra, joriy yil 1 yanvardan 1 fevralga qadar 32 755 242ta (ötgan yilning mos davriga nisbatan, 17 134 987ta köp, ya’ni 191 foizga oşgan) xarid çeki onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali çop etilgan bölib, şundan 1 482 563tasiga “Soliq” mobil ilovasi orqali 19,4 mlrd sömlik keşbek hisoblangan.
Eslatib ötamiz, xarid miqdoridan bir foiz keşbek çakana savdo, umumiy ovqatlaniş va aholiga maişiy xizmat körsatiş obektlaridagi xarid uçun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi QR-kodli çekini “Soliq” mobil ilovasida röyxatdan ötkazgan jismoniy şaxslar uçun tölanadi.
Avvalroq, 2022 yil 14 yanvar holatiga köra, özbekistonliklar xarid çekini röyxatdan ötkaziş orqali 5 mlrd sömlik keşbek yiğgani ma’lum qilingandi












