Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanida hokimlik zaxirasidan 14 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
U 14 sotix yer maydoniga tanishi orqali egalik qilish huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga 8 000 AQSh dollari talab qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, fuqaro N.Sh. fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga Toshkent tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 14 sotix yer maydonini go‘yoki “Z.” ismli tanishi orqali 8 000 AQSh dollari evaziga unga egalik qilish huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va’da qilib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) va bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Toshkent viloyatida elektr tarmoqlari korxonasi xodimi pora bilan ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026