Ukraina hujum haqidagi xabarlar sababli oyiga 3 mlrd dollargacha yo‘qotayotgani ma’lum qilindi
Ta’kidlanishicha, vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, Ukrainaning yo‘qotishlari yanada oshishi mumkin.
Rossiyaning tajovuzi haqidagi xabarlar sababli Ukrainaning yo‘qotishlari oyiga 2-3 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining o‘rinbosari Rostislav Shurma ma’lum qildi.
«Hozirgi stress vaziyatida tiklab bo‘lmas yo‘qotishlarimiz oyiga 2-3 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bular to‘xtatib qo‘yilgan investitsiyalar va qo‘shimcha inflatsiya, turizm sohasidagi yo‘qotishlar, aviatashuvlarning kamayishi kabilar. Bundan tashqari, moliya bozoriga nisbatan bosim o‘zlashtirishlarni to‘xtatmoqda, kursga ta’sir qilyapti, bu 1,5-2 mlrd dollar atrofida», - dedi Shurma.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «stress darajasi» shunday davom etadigan bo‘lsa, Ukrainaning yo‘qotishlari yanada oshishi mumkin.
G‘arb nashrlari o‘tgan yilning kuzidan buyon Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi haqida yozmoqda. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham tajovuz yuz berishini ta’kidlab kelmoqda.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujum borasida aniq dalil taqdim etishlarini so‘ragan, OAVni vahima uyg‘otmaslikka chaqirgandi.
Mavzuga oid
20:34
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:24
Birinchi zarbada Bryanskkacha: Ukraina ilk marta ATACMS ballistik raketasi bilan Rossiya hududiga zarba yo‘lladi
18:21
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
15:05