UzAuto Motors Malibu-2 uchun shartnoma tuzishni to‘xtatdi
Yangi arizalar qabul qilish qachon boshlanishi noma’lum.
UzAuto Motors 2022 yilning 22 fevral kunidan «Malibu 2» avtomobilini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatdi.
Kun.uz muxbiri bog‘langan kompaniya rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtinchalik holat. Mart oyidan boshlab ushbu rusumdagi avtomobillar uchun shartnoma tuzish yana qayta tiklanishi mumkin, ammo aniq muddat bo‘yicha ma’lumot berilmagan.
«Bu modeldagi avtomobillar uchun xorijdan uskunalar keladi va biz ularni yig‘ib, mijozlarga yetkazib beramiz. Bunda o‘zining belgilangan miqdori bo‘ladi va bu miqdor bo‘yicha shartnomalar to‘liq tuzib bo‘lingan.
Keyingi yig‘iladigan avtomobillar soni aniq bo‘lgandan keyin shartnomalar qabul qilishni yana boshlaymiz. Bu qachon boshlanishi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Mart oyida ochilib qolish ehtimoli bor», degan kompaniya xodimi.
Shuningdek, «Malibu 2»ning narxi oshirilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq, UzAuto Motors yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligini sabab sifatida keltirib, 2021 yilning 20 dekabridan 2022 yilning 1 fevraligacha Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalarni qabul qilishni to‘xtatgandi. Ammo 1 fevraldan bu jarayon qayta tiklanmadi.
Mavzuga oid
14:49 / 13.09.2024
Lacetti'dagi yong‘in sabab UzAuto Motors va uning dileriga ish qo‘zg‘atildi
16:21 / 03.09.2024
Onix Qozog‘istonda O‘zbekistondagi chegirmali narxidan ham arzon sotilyapti
12:01 / 22.08.2024
Birinchi yarim yillikda UzAuto Motors’ning sof foydasi 65 foizga o‘sdi
00:10 / 27.07.2024