“Hammamizga ma’lumki, logistika muammolari portlar va temir yöllarda (konteynerlar 6 oygaça keçikadi), şuningdek, butun böylab yarimötkazgiçlarni yetkazib berişda uzilişlar dunyo global avtomobil sanoatida uzoq davom etgan inqirozga olib keldi. 

Afsuski, bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emas. Keça-yu kunduz işlab çiqarişga qaramay, dilerlarning barça sa’y-harakatlari va Kompaniya xodimlarining fidokorona mehnatiga qaramay, avtosalonlarda navbatlar tobora ortib bormoqda”, deyiladi bayonotda.

Bildirişiça, kompaniya oktyabr, noyabr va dekabr oylarida şartnoma majburiyatlarini sifat jihatidan yöqotmasdan bajariş uçun barça imkoniyatlarni işga solgan.

“Ammo har safar kompaniya vaziyatni amalda yengib, avval yetkazib berilmagan avtomobillarni işlab çiqara oldi va deyarli normal iş ritmiga qaytdi, navbatdagi nosozliklar barçamizni orqaga qaytardi.

Bunday şaroitda kompaniyaning boşqa bir yöli mavjud emas, bir qator boşqa global avtomobil işlab çiqaruvçilardan örnak olişga, vaqtinça, 20.12.2021 dan 01.02.22 gaça muddatiga “Neksiya”, “Spark”, “Kobalt”, “Lasetti” avtomobillarini sotiş böyiça yangi arizalar qabul qilişni töxtatib, barça kuç-ğayratimizni oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni işlab çiqarişga qaratiş”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinişiça, aynan şu maqsadda zavod belgilangan muddatda işlaydi. 

“Bu qarorni qabul qiliş biz uçun oson bölmadi, ammo hozirgi şaroitda kompaniya avval berilgan buyurtmalar böyiça avtomobillarni işlab çiqarişni özining ustuvor vazifasi deb biladi. Vaqtinçalik yangi avtomobilga buyurtma bera olmagan potensial xaridorlarimizdan çin dildan uzr söraymiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Avvalroq, UzAuto Motors Captiva sotib olmoqçi bölganlarga pullarni qaytarişni boşlagandi.