O‘zbekiston | 15:30 / 24.02.2022
15468
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ANORBANK eksperti bank kartasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida maslahat berdi

Foto: Anorbank

Hayotimizning barcha sohalarida rivojlanishning asosiy trendi bu virtuallashtirish va raqamlashtirish bo‘lib kelmoqda. Moliyaviy va bank xizmatlari sohasi, shu jumladan hisob-kitoblar va to‘lov operatsiyalari ham bundan mustasno emas. Telefoningizdagi ilovaga ulangan bank kartasi - naqd pulsiz mablag‘larni boshqarishning zamonaviy usuli hisoblanadi.

Naqd pulga nisbatan bank kartasining afzalliklari ko‘proq. Misol uchun, yoningizda "plastik" bo‘lmasa, ilova orqali to‘lov amalga oshirishingiz mumkin. Uydan yoki ishdan chiqmasdan O‘zbekistonning va hatto dunyoning istalgan nuqtasiga pul o‘tkazishingiz mumkin. Agar karta yo‘qolgan bo‘lsa, bankka vaqtida qo‘ng‘iroq qilsangiz yoki ilovada kartani bloklasangiz, barcha pullaringiz saqlanib qoladi. Kirim va chiqimlaringizni ilovadagi monitoring bo‘limi orqali osongina nazorat qilishingiz mumkin.

Qulayliklarga qaramay, aholining barcha qatlamlari ham bank kartalaridan foydalanmaydi. Markaziy bankning 2022 yil 1 yanvardagi hisobotiga ko‘ra 8 milliondan ortiq kishida bank kartalari yo‘q. "ANORBANK” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Elyor Nadjimitdinov yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sabablarni tushuntirib berdi.

“Bank kartasi ekzotika bo‘lmay qolganiga ancha bo‘ldi. Bugungi kunda bizning hayotimizda ular odatiy narsa. Aholi kartalarni ishlatmasligining asosiy sabablaridan biri - rasmiy ish joyiga ega bo‘lmaslik, moliyaviy savodsizlik va banklarga ishonchsizlikdir. Biroq hozirda karta egalarining soni oshib borayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, Markaziy bankning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 20 million dona kartochka muomalaga chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 27 millionga yetdi. Bu juda yaxshi natija. Keyingi sabab - firibgarlik. Pulni noqonuniy hisobdan yechishning oldini olish uchun, karta ma’lumotlarini, parol va tasdiqlash kodini uchinchi shaxslarga bermaslik zarur. Do‘konlarda to‘lov qilayotganingizda siz pin-kodni o‘zingiz kiritishingiz kerak. Fuqarolarning yana bir keng tarqalgan xatolari shundaki, turli saytlarda ro‘yxatdan o‘tishganda ular o‘zlari buzg‘unchilarga ma’lumotlarni "topshirib yuborishadi".

Kartani tanlashdagi keyingi “tormoz” nuqtasi - xizmat ko‘rsatuvchi bank. Karta tanlashning bir nechta asosiy mezonlari bor. Masalan, kartadan foydalanganda pulni tejash imkoniyati, unga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus takliflar, keshbek.

Foto: Anorbank

“Bank tanlashdan oldin, undan nimani kutayotganingizni hal qilishingiz muhimdir. Ishonchlilik, rentabellik, kartaning hamma joylarda qabul qilinishi, xizmat ko‘rsatish sifati - bu xususiyatlarning eng muhimi va ularning kombinatsiyasi sizning ehtiyojlaringizga bog‘liq. Biz doimo mijozlarning ehtiyojlarini inobatga olamiz. Anorbank kartasiga mobil telefon orqali buyurtma berish juda oson. Ilovani yuklab oling, oddiy shaklni to‘ldiring va 72 soat ichida karta bepul chiqariladi va uyingizga bepul yetkaziladi. Karta butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi. Bundan tashqari, bizning mobil ilovamizda kartadan kartaga pul o‘tkazmalari komissiyasiz amalga oshiriladi. Boshqa banklar mijozlari uchun 5 million so‘mgacha o‘tkazmalar - 0%, ANORBANK karta egalari uchun esa foizsiz pul o‘tkazmalari miqdori va soni – cheksizdir”, - deydi Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Elyor Nadjimitdinov

Foto: Anorbank

Anorbankda 3 turdagi kartalar mavjud:

- TRIA debet kartasi HUMO tizimida ishlaydi. Unda keshbek xizmati bor. 

- Anor muddatli to‘lov kartasi — bankning hamkor do‘konlari tomonidan sotilayotgan mahsulot va xizmatlarni foizsiz xarid qilib, bo‘lib to‘lash imkonini beradigan karta. Ayni paytda hamkorlar soni 3 mingdan oshadi. 

- ANORBANKdan HUMO-Mastercard kobeyjing kartasi. Uning yordamida milliy valutada butun O‘zbekiston bo‘ylab va 200ta boshqa mamlakatlarda Mastercard orqali to‘lov qilish mumkin. 

Bepul kartaga buyurtma berish uchun anorbank.uz saytiga yoki mobil ilovasiga kiring, yoki 1290 qisqa raqamiga, operatorimizga qo‘ng‘iroq qiling. Kartani uyingizga bepul yetkazib beramiz.

 

Ilovani yuklab olish uchun havola:

play.google.com

apps.apple.com

Sayt: anorbank.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid