Samarqandda videolarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib fuqarodan pul talab qilgan ona va uning qizi ushlandi
Ular fuqarodan 2 ming dollar talab qilib, shundan 650 dollarini olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
IIV huzuridagi tergov departamentining xabar berishicha, 2022 yilning fevral oyi o‘rtalarida, Samarqand viloyatida yashovchi 43 yoshli A.D. o‘zganing mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 16 yoshli qizi A.S. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Ular 29 yoshli B.G. bilan uchrashib, o‘zlarida unga tegishli bo‘lgan videolar borligini aytib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan va ushbu ma’lumotlarni oshkor qilmasliklari evaziga B.G.dan 2 ming dollar pul talab qilishgan.
2022 yil 21 fevral kuni soat 18:30 larda Samarqand shahri IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, B.G.dan tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan 2 ming dollardan 650 dollarini olayotgan A.S. ushlanib, xolislar ishtirokida undan 650 dollar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.D. hamda A.S.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar sud tomonidan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024