Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi
Ukraina Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Foto: Lori
Zelenskiyning maxsus brifingda ma’lum qilishicha, Rossiya Hitler Germaniyasi kabi erta tongda hujum qildi.
“Rossiya erta tongda bizning davlatimizga qabihlik bilan hujum qildi. Xuddi fashistlar Germaniyasi Ikkinchi jahon urushida qilganidek”, dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti barcha fuqarolarni qon donori bo‘lishga chaqirdi. Harbiylar orasida yaradorlar borligi ma’lum qilindi.
“Biz barchaga qurol tarqatishni boshladik va ularni o‘z yurtimizni himoya qilish uchun hammaga beramiz.
Rossiyada vijdonini yo‘qotmaganlarning barchasi bu urushga qarshi norozilik bildirishi kerak”, dedi prezident.
Ma’lum qilinishicha, Zelenskiy har soatda batafsil ma’lumot bilan efirga chiqadi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiyaning Donbassdagi harbiy amaliyotiga «bir ovozdan va qat’iy javob berishini» va’da qilgandi.
24 fevral kuni ertalab Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Uning maqsadi - Donbass aholisini “genotsiddan va Ukraina neonatsistlarining tahdidlaridan himoya qilish”.
Mavzuga oid
10:42
Dron zarbalari: RF neft kompaniyalari yo‘qotishi 1 trln rubldan oshdi
09:09
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga aloqador tankerni qo‘lga oldi
20:13 / 09.02.2026
Rossiyada migrantlarni ishdan bo‘shatish qoidalari o‘zgartiriladi
15:07 / 09.02.2026