“Bugun butun dunyoning duosi Rossiya qurolli kuçlarining asossiz hujumidan aziyat çekayotgan Ukraina xalqi bilandir. Prezident Putin halokatli va azob-uqubatlarga olib keladigan uruşni tanladi. Bu hujum özi bilan olib keladigan ölim va halokat uçun faqat Rossiya javobgardir hamda AQŞ va uning ittifoqçilari, hamkorlari birlaşgan va qat’iy javob beradi. Dunyo Rossiyani javobgarlikka tortadi”, deyiladi Baydenning bayonotida.
Bayden yaqin vaqt içida G7 yetakçilari bilan uçraşib, keyin Amerika xalqiga murojaat qilişi va “harbiy tajovuz uçun Rossiyaga keyingi oqibatlarni” aytişi haqida bildirdi.
24 fevral kuni ertalab Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boşlanganini ma’lum qildi. Uning maqsadi - Donbass aholisini “genotsiddan va Ukraina neonatsistlarining tahdidlaridan himoya qiliş”.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Kiyev, Xarkov, Odessa, Dnepr va Mariupolda portlaşlar eşitilgani haqida xabarlar paydo böldi.













