Buxoroda o‘tgan yili jinoyatchilik qariyb 50 foizga oshgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida 2021 yilda jami 5 267 ta jinoyat sodir qilingan hamda 2020 yilga nisbatan 1 697 taga (47,5 foizga) oshgan. 2022 yilning yanvar oyida esa 172 ta jinoyat qayd qilinib, ularning barchasi fosh etilgan.
Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining tegishli qaroriga ko‘ra, amalga oshirilgan ishlarga qaramasdan 2021 yilda viloyatda 5 267 ta jinoyat qayd etilgan va buning 100 ming aholi soniga nisbati o‘rtacha 270 tadan to‘g‘ri kelgan. Ushbu davrda viloyatda sodir etilgan 436 ta YTHning 92 tasi o‘lim va 344 tasi jarohatlanish bilan yakunlangan.
2021 yilda sodir etilgan jinoyatlarning 3 035 tasi yoki 57,6 foizi Buxoro shahri, G‘ijduvon, Buxoro, Shofirkon tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Kriminogen vaziyatga qarab viloyatdagi 544 ta mahalladan 18 tasi qizil va 18 tasi sariq toifaga ajratilgan. Kriminogen vaziyati og‘ir 18 ta mahallada muammolarni oilaviy hal qilish bo‘yicha sektor rahbarlari tomonidan dasturlar tasdiqlanib ijroga qaratilgan.
2022 yilning yanvar oyida jami 172 ta jinoyat qayd etilgan. Ularning 76 tasi Buxoro, Kogon shaharlari hamda Buxoro va Qorovulbozor tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Qarorda tegishli mas’ullarga viloyatdagi yirik savdo majmualari, bozorlar, oliy ta’lim muassasalari joylashgan gavjum ko‘chalarni o‘rganib, ushbu hududlarda maksimal tezlikni 60 km/s.gacha tushirish choralarini ko‘rish topshirilgan.
Mavzuga oid
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
17:11 / 24.10.2024