Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zavtosanoat: sanoat va klasterlar rivojlanmoqda

Foto: O‘zavtosanoat
Avtomobil sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu sohada mamlakat aholisining salmoqli qismi bandligi ta’minlangan – avtomobilsozlikdagi bitta ish o‘rni turdosh sohalarda 7-8ta ish o‘rnini yaratadi. Har yili 280 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqariladi. O‘zbekiston avtomobil sanoati avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchi mamlakatlar o‘rtasida 26-o‘rinni egallagan va shuning uchun possovet makonida bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya avtosanoatidan so‘ng ikkinchi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda. O‘zbekiston 1998 yildan buyon Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchilar tashkilotining a’zosi hisoblanadi (OICA).
Hozirgi vaqtda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy o‘zbek korxonalari soni 300dan oshiqni tashkil etadi (jumladan, 26 tarmoq, 280ta xususiy korxona). Avtomobil klasteri asosan vodiyda joylashgan. Samarqand viloyati yuk avtomobillari, avtobuslar, Jizzax viloyati esa yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradi. Multiplikativ effektni hisobga olganda, tarmoq korxonalarida 200 000dan oshiq odam ishlaydi va mehnat qiladi.
O‘zavtosanoat tufayli uning faoliyatiga bog‘liq sanoat va klasterlar rivojlanmoqda, bu – banklar, fan, madaniyat, yo‘llar, kimyoviy va og‘ir, rezina texnika sanoati, ixtisoslashgan kadrlarga talab oshmoqda, universitet muhitida avtomobilsozlik yo‘nalishi rivojlanmoqda. Avtomobil yig‘ish zavodlarining ochilishi tufayli xorijda mamlakat imiji yuqori baholangan va eksport bozoridagi kuchli raqobat muhitidan kelib chiqib, bizning avtomobillar va ehtiyot qismlar o‘z segmentida muvaffaqiyatli sotilmoqda.
Dunyoda tan olingan barcha mamlakatlardan faqat 49tasi avtomobil ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Sotish, qayta sotish hammaning qo‘lidan kelishi mumkin, ammo noldan ishlab chiqarishni har kim qila olmaydi. Avtomobil sanoati – bu yuqori aniqlikdagi texnikani xalqaro standartlar asosida murakkab texnologik ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, hamma davlat ham mazkur yo‘nalishni rivojlantirish salohiyatiga ega emas.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda

19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi

15:26 / 10.07.2024