Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyennifer Lopesning Qozog‘istondagi konsertlari mamlakatga 12 ming sayyohni olib kelgani aytildi
Xonandaning Up All Night turi doirasidagi konsertlari 1 avgust kuni Ostonadagi Astana Arena da, 10 avgust kuni Olmaotadagi markaziy stadionda bo‘lib o‘tdi.
Jyennifer Lopesning Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan ikki konserti mamlakatga 12 ming sayyohni jalb etdi, dedi Qozog‘iston moliya vaziri Madi Takiyev.
“Jyey Lo bir o‘zi kelmaydi — uning ortidan bizga qo‘shni mamlakatlardan sayyohlar keladi. Ostonada bo‘lib o‘tgan konsertga 5 ming, Olmaotadagi konsertga 7 mingga yaqin kishi keldi. Ular mehmonxonalarda turishadi, restoranlarga borishadi, shahar bilan tanishishadi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bitta sayyoh kamida ming dollar qoldiradi. Bu iqtisodiyotimiz uchun juda yaxshi”, — dedi Takiyev.
Jyennifer Lopesning Up All Night turi doirasidagi konsertlari 1 avgust kuni Ostonadagi Astana Arenaʼda, 10 avgust kuni Olmaotadagi markaziy stadionda bo‘lib o‘tdi. “Astana konsert” kompaniyasi prodyuseri Malik Xasenovning so‘zlariga ko‘ra, Lopesning Ostonadagi konsertidan keladigan daromad 400 mln tenge (742 860 dollar)ni tashkil etgan.
Avvalroq Jyennifer Lopes Armaniston va O‘zbekistonda konsert bergandi.
Mavzuga oid
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
07:17 / 25.03.2026
Qozog‘istonda ilmiy-fantastik uslubdagi osmono‘par bino qurilishi boshlandi
08:51 / 24.03.2026