Jahon | 19:25 / 26.02.2022
8465
2 daqiqa o‘qiladi

Putin 25 fevral kuni muzokaralar kutilayotgani tufayli qo‘shinlarga harakatni to‘xtatishga buyruq bergan

Foto: Mixail Voskresenskiy/RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 fevral kuni rossiyalik harbiylarga Ukraina tomon harakatlanishni to‘xtatishni buyurgan. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. Uning aytishicha, Ukraina muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortgan.

«Putin 25 fevral kuni muzokaralar kutilayotgani munosabati bilan harbiylarga Ukraina tomonga harakatlanishni to‘xtatishga buyruq berdi. Bugun, 26 fevral kuni Ukrainadagi harbiy operatsiyalar reja bo‘yicha qayta tiklandi. Chunki muzokaralar bo‘lmadi», dedi Peskov.

Kreml rasmiy vakilining aytishicha, Rossiya sanksiyalarga tayyor bo‘lgan va ular qo‘llanishi taxmin qilingan. Rossiya tezda sanksiyalar ta’sirini kamaytirishga harakatlarni boshlaydi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy raisi Si Jinping bilan suhbatda Ukraina bilan yuqori darajada muzokara o‘tkazishga tayyorligini aytgandi. Keyinchalik Kreml muzokara maydoni sifatida Minsk tanlanganini bildirdi. Putin esa Ukraina Qrimni tan olishi kerakligini aytdi. Vladimir Zelenskiy esa Minskda o‘tishi taklif qilingan muzokaralardan bosh tortdi.

Mavzuga oid