O‘zbekiston | 12:54 / 27.02.2022
5338
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi barcha O‘zbekiston korxonalari harbiy harakatlar sabab o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Foto: Getty Images

Davom etayotgan harbiy vaziyat tufayli Ukrainadagi O‘zbekiston korxonalari faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda TIV axborot xizmati ma’lum qildi.

2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Ukraina kapitali ishtirokidagi 173 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 96 tasi qo‘shma korxona, 77 tasi xorijiy korxonalardir. 2021 yilda 38 ta yangi korxona tashkil etilgan.

2022 yil uchun tasdiqlangan maqsadli investitsiya dasturi doirasida Ukraina kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 16,5 million AQSh dollaridan iborat 4 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mavjud vaziyat tufayli yuqoridagi va boshqa ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish qiyinlashadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid