Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya rossiyalik oligarxlarning mol-mulklarini musodara qilishni rejalashtirmoqda
Qayd etilishicha, gap ko‘chmas mulk, lyuks yaxtalar va avtomobillar haqida ketmoqda.
Foto: AP
Fransiya hukumati rossiyalik oligarxlarning mamlakat hududidagi barcha aktivlarini musodara qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fransiya moliya vaziri Bryuno Le Mer ma’lum qildi, deb xabar berdi Financial Times.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap ko‘chmas mulk, lyuks yaxtalar va avtomobillar haqida ketmoqda.
"Biz Rossiya hukumatiga aloqadorligi sababli Yevropaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan, Fransiyada aktivlari bo‘lgan barcha Rossiya fuqarolarini aniqlaymiz. Biz bu aktivlarni musodara qilish uchun qonuniy asos olamiz", – dedi vazir.
Qayd etilishicha, ushbu haftada fransuz vazirlari biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Le Mer shuningdek, G7 davlatlari moliya vazirlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qilish uchun uchrashishini aytdi.
Avvalroq YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘rtinchi paketini tayyorlayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
20:23 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:20 / 15.04.2026