Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘rtinchi paketini tayyorlamoqda
Yangi paket rossiyalik diplomatlarning bir qismini chiqarib yuborish, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning atrofidagilarga va bank tizimiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yanada keskin bo‘lgan to‘rtinchi paketini tayyorlamoqda. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yangi paket rossiyalik diplomatlarning bir qismini chiqarib yuborish, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning atrofidagilarga va bank tizimiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, "rossiyalik korrupsionerlar reyestri" shakllantiriladi. Unga Kremlga yaqin bo‘lgan hukumat vakillari va biznesmenlar kiritiladi.
Avvalroq G‘arb Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritgandi.
Bundan tashqari, 30dan ortiq mamlakat Rossiya uchun havo kengliklarini yopdi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026