Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni o‘tash tartibiga qo‘shimcha kiritiladi
“Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Tegishli nizomga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, muqaddimadagi “harbiy ta’lim” degan so‘zlar “harbiylashtirilgan ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
Shartnoma shartlari hamda uning bajarilmasligi sababli moddiy javobgarlik haqida nomzod (shuningdek uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) o‘qishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida yozma ravishda ogohlantiriladi.
Bunda Vazirlikning tarkibiy tuzilmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida tuziladigan ishchi guruhlar tomonidan nomzod (shuningdek uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) yozma ravishda ogohlantiriladi va ulardan muvofiq shaklda tilxat olinadi.
6-bandda ikkinchi xatboshidagi “Kadrlar bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
Mavzuga oid
13:32 / 21.02.2026
Endi chiqindi xizmatlarida faqat ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov hisoblanadi
11:01 / 07.03.2025
Bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati tashkil qilinadi
13:22 / 03.03.2025
Xizmatlar sohasiga 3 mln kishi jalb qilinadi
13:51 / 28.02.2025