Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya-o‘zbek to‘qimachilik texnoparki «O‘zto‘qimachiliksanoat» boshqaruviga o‘tkaziladi
Prezidentning “Koreya-o‘zbek o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkining samarali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining texnoparkni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining operativ boshqaruviga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Texnopark tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, texnoparkka va uning rezident-korxonalariga (xususan, texnoparkning ekstraterritorialligi prinsipini hisobga olgan holda) “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalar uchun belgilangan imtiyozlar va preferensiyalardan egalik qilish, ulardan foydalanish huquqini beruvchi maxsus iqtisodiy zona maqomi beriladi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi koreya-o‘zbek o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi, koreya-o‘zbek o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki ustavini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
14:10 / 24.02.2026
Bekobodda O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki quriladi
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
23:25 / 23.12.2025