Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov AQShning Yevropadagi yadroviy qurolini “uyiga qaytarish” vaqti kelganini aytdi
Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya "har doim yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmasligi va bu urush hech qachon boshlanmasligi kerakligi" nuqtai nazaridan kelib chiqib harakat qiladi.
Rossiya AQShning Yevropadagi yadroviy qurolini ortga qaytarishga va u bilan bog‘liq infratuzilmani yo‘q qilishga chaqiradi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga zid ravishda Qo‘shma Shtatlarning yadroviy quroli Yevropaning qator mamlakatlari hududida haligacha joylashtirilganligi biz uchun nomaqbul hisoblanadi, NATOning noyadroviy mamlakatlari ishtirokida yadroviy missiyalar o‘tkazish amaliyoti saqlanib qolmoqda. Bunday missiyalar doirasida Rossiyaga nisbatan yadroviy qurol qo‘llash ssenariysi ishlab chiqilmoqda", - dedi Lavrov.
"Amerikaning yadroviy qurolini uyiga qaytarish, Yevropadagi u bilan bog‘liq barcha infratuzilmani yo‘q qilish vaqti allaqachon keldi", - deb ta’kidladi u.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya "har doim yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmasligi va bu urush hech qachon boshlanmasligi kerakligi" nuqtai nazaridan kelib chiqib harakat qiladi.
Avvalroq Rossiya yadroviy kuchlari jangovar shay holatga keltirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026