Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadan Polsha orqali beshta aviareys bilan 1186 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
2022 yilning 1-2 mart kunlari Uzbekistan Airways AJning uchta samolyoti bilan 677 nafar O‘zbekiston fuqarosi Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 2 mart holatiga umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali beshta aviareyslar bilan 1186 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi.
Bugun yana ikkita evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan. Birinchi reys Toshkent shahridan soat 07:00 da uchib ketgan bo‘lsa, keyingisi soat 10:00 da parvoz qiladi.
Polsha hududida mamlakatning 800 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 350 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 450 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, mamlakat fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
Mamlakatning Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlamoqda. Fuqarolar uchun issiq ovqat yetkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi raqamlari: +380 44 501 50 00; +380 44 501 41 81; +380 44 501 41 82; +380 44 501 41 83.
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi raqamlari: Ma’ruf Karimov («Karchova» nazorat-o‘tish punktida): +48 508 064 333; Telegram: +99893 5947557.
Asqar Beknazarov (Katovitse shahri aeroportida): +48 508 995 888; Telegram: + 99890 1160084.
Sardor Ahmadov (elchixonada): +48 502 501 588; Telegram: + 99894 6541010.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining «koll-markazi»: 1164 va @Miduzbshtab Telegram-kanali
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026