Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islomobodga yetib bordi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni davlat tashrifi bilan Pokistonga keldi.

Islomobod shahridagi aeroportda davlatimiz rahbarini Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.



Oliy darajadagi muzokaralar bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar natijasi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashadi.


Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026