O‘zbekiston | 19:53 / 03.03.2022
4938
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar bilan oila qurgan boshqa davlat fuqarolari Ukrainadan pulli asosda evakuatsiya qilinishi mumkin - TIV

Foto: Kun.uz

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov Ukraina fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklarning evakuatsiya masalasi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, vazirlikka Ukraina fuqaroligini olgan yoki aralash nikohdagi oila vakili bo‘lgan o‘zbekistonliklar ham O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi haqida savol kelib tushgan.

«Barcha insonlarga urush hududini imkon qadar tezroq tark etib, Lvov shahriga borish tavsiya etilmoqda. O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi ularni Lvovdagi to‘planish nuqtasidan «Krakovets» (Polsha) nazorat-o‘tkazish punktigacha yetkazishga yordam beradi.

Aralash nikohlar guruhi vakillarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilish imkoniyati bo‘yicha so‘rovlarga javoban elchixona ushbu shaxslar O‘zbekiston fuqarolari olib chiqib ketilganidan so‘ng, ehtimol, pullik asosda evakuatsiya qilinishi mumkinligi haqida tushuntirishlar bermoqda», deydi TIV rasmiysi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid