19:40 / 03.03.2022
19921

PFL APEX INSURANCE bilan hamkorlikni uzaytirdi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi APEX INSURANCE bilan hamkorlikni yana 1 yilga uzaytirdi. 

Foto: O‘zPFL

«APEX INSURANCE yordamida O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tayotgan 1500 nafardan oshiq professional futbolchilar salomatligi sug‘urtalanadi.

Futbol — jarohatlardan kafolatlanmagan sport turi. O‘zPFL so‘nggi 2 yil ichida futbolchilar huquqlarini tiklash masalasida qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, hatto sug‘urta polislari bilan bog‘liq holat ham futbolchining ehtimoliy jarohati uchun yetarli bo‘lmasa, bunday holatda qolgan summani klub to‘lab berishi masalasi yo‘lga qo‘yilgan. Mana shunday holatlarda APEX INSURANCE professional futbolchilar joniga ora kirayotgani e’tiborga molik. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Apex Insurance bilan hamkorlikdan manfaatdor. Biz hamkorlarimizga yil davomida ko‘tarinki kayfiyat hamda muvaffaqiyat tilaymiz», deyiladi PFL matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid
Top