Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Içki işlar vazirligi, ÖFA va ÖzPFL Coca-Cola bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida «Biz yangi Özbekiston yoşlarimiz» şiori ostida mini-futbol böyiça Coca-Cola Student’s Cup musobaqasini taşkillaştirmoqda.
Turnirda Özbekistonda faoliyat olib borayotgan 116 ta universitet va institut öz jamoalari bilan iştirok etadi.
Musobaqa ikki bosqiçda taşkil etiladi. Dastlab jamoalar hududiy bosqiçda qatnaşadi. Viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasidan hududiy bosqiçda ğolib bölgan jami 13 jamoa Student’s Cup turnirining Toşkent şahrida keçadigan final raundida iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritadi.
Poytaxtning 42 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari esa qolgan 3 ta yöllanma uçun kuraş olib boradi.
Hududiy bosqiç bahslari 13–21 may kunlari bölib ötişi rejalaştirilgan.
















