Kun.uz va Tribuna.uz sayti muxbirlari bu safar Jizzax şahrida bölib, Uluğbek Baqoyev boşqaruvidagi «Söğdiyona» jamoasining mavsum oldi taraddudi, stadioni va tarkibdagi özgarişlari bilan tanişdik.

Klub stadioni

Dastlab Jizzaxdagi «Söğdiyona» stadionida bölib, öyingohning yangi mavsumga qanday hozirlanayotgani bilan tanişdik. Qayd etiş joiz, ölkamizda hali qiş fasli hukmronligini inobatga olsak, arena maydoni tez orada talab darajasiga kelişini kutiş mumkin.

11 mingdan ortiq tomoşabinni siğdira oladigan stadionning tribunalari, tablosi va yoritiş tizimida muammo yöq, faqat çempionat boşlanişidan avval şay holatga keltiriladi.

Jizzaxda yangi mavsum oçiliş marosimi Superliga 2-turi doirasida 7 mart, şanba kuni ötadigan «Söğdiyona» – OKMK öyini bilan boşlanadi.

Tarkibda qanday özgarişlar qilindi?

Ötgan mavsum kutilmaganda bronza medallari uçun kuraşib, yakunda 4-örinni egallagan «Söğdiyona» klubi mavsumlar oraliğida tarkibda katta özgariş qilişi şart emasdi. Şu bois, Uluğbek Baqoyev asosan jamoani tark etgan futbolçilar örniga mos öyinçilarni taklif etib, yarimhimoyani legionerlar evaziga kuçaytirişga e'tibor qaratdi.

Jamoa uçun eng katta yöqotiş Kaxi Maxaradze böldi, deyiş mumkin. Har holda gruziyalik legioner 2019 yilgi mavsumda jamoa yetakçilaridan biriga aylangandi. U «Lokomotiv» safiga qaytdi. Şuningdek, Nikola Milinkoviç, Izzat Abdullayev, Şerzod Fayziyev, Siroj Meliyev, Nuriddin Hasanov, Muhammadali Yuldaşev singari futbolçilar ham Jizzax klubi bilan xayrlaşişdi.

Jamoani tark etgan 7 nafar futbolçi örniga Uluğbek Baqoyev 7 nafar yangi futbolçi – Serbiyadan Marko Kalakoviç, Braziliyadan Ribeyro Dantas, şuningdek «Dinamo»dan Bahodir Nasimov, OKMKdan San'at Şixov, «Surxon»dan Ayubxon Nö'monov, «Metallurg»dan Şavkat Mullajonov, «Bunyodkor»dan Javohir Qahramonov kabi öyinçilarni taklif etdi.