Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanuvchilarga subsidiya ajratiladi
Prezidentning “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2022 yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilinadi. Prognoz ko‘rsatkichlar tasdiqlandi, ularga muvofiq 2022 yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha kamida:
- 230 ming gektar, shu jumladan, 160 ming gektar paxta xomashyosi yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sug‘orish;
- 28 ming gektar, shu jumladan, 25 ming gektar boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda yomg‘irlatib sug‘orish;
- 2 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida diskretli sug‘orish tizimlari joriy qilinadi;
- 218 ming gektar ekin maydonlarining lazerli uskuna yordamida tekislanishi tashkil etiladi.
2022 yildan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilanadi:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar;
- suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etiladi.
Subsidiya mablag‘lari hisob-kitob qilingandan so‘ng, hisob-kitob qilingan summaning: 50 foizi - tizim joriy qilingan yili ajratiladi; 50 foizi - kelgusi yili hosildorlik oshishi va uskunalarning ishlatilishiga qarab ajratiladi; qo‘shimcha 20 foizi - uchinchi yilda joriy qilingan tizimni ishlatgan holda yuqori hosildorlikni saqlab qolgan paxta, g‘alla va meva-sabzavot klasterlariga to‘lab beriladi.
Subsidiya joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish tizimlari kamida besh yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi. Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi. Yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‘larning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘nggina ruxsat etiladi.
2021 yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilganligi uchun davlat budjetidan subsidiya mablag‘larini olgan, biroq joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini sug‘orish mavsumida ishlatishga ulgurmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mazkur tizimni 2022 yil sug‘orish mavsumiga qadar ishga tushirmagan taqdirda olingan mablag‘larni belgilangan tartibda qaytaradi.
Mavzuga oid
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
08:30 / 09.06.2026