O‘zbekiston | 07:28 / 03.03.2022
3384
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Polshada faqat 15 martgacha qolish huquqiga ega – TIV

Polsha hududida evakuatsiya qilinishini kutayotgan O‘zbekiston fuqarolari 15 kun ichida ushbu mamlakatni tark etishlari zarur, aks holda ular jarimaga tortiladi. 

Foto: Kun.uz

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Polshadan aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha maxsus komissiya boshidanoq evakuatsiya uchun muhlatni 2022 yilning 15 martigacha belgilagan. Keyin esa chet el fuqarolari uchun vizasiz tartib tugaydi va jarimalar qo‘llanilishi boshlanadi.

Bildirilishicha, O‘zbekiston fuqarolari 2022 yil 15 martgacha Ukraina-Polsha chegarasini mustaqil ravishda, yakka tartibda vizasiz kesib o‘tishlari mumkin. 

“Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi Katovitse aeroporti va to‘planish nuqtasidagi vaziyatni to‘liq nazoratga olgan. 

Diplomatik vakolatxona fuqarolarimizni chegaradan aeroportgacha (340 km masofa) bilan yetkazib beruvchi avtobuslarni ijaraga oldi. 

Bundan tashqari, ayniqsa, onalar va bolalar uchun issiq ovqat, dam olish joylari, tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan”, deyiladi TIV ma’lumotida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid