Jahon | 10:58 / 04.03.2022
74677
5 daqiqa o‘qiladi
Urushning sakkizinchi kuni. Suratlar
Ukrainadagi urush sakkizinchi kunda ham davom etdi. Mamlakatning milliondan ortiq aholisi qochqinga aylangan. O‘qqa tutilishi davom etayotgan shaharlar gumanitar falokat yoqasida. 3 mart kuni o‘tkazilgan Ukraina-Rossiya muzokaralarining ikkinchi raundida tomonlar tinch aholi evakuatsiyasi, shuningdek, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazish uchun gumanitar yo‘lak tashkil etishga kelishdi.
So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar
- 3 mart kuni Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Yakunda maxsus minimal dastur bo‘yicha qarorlar qabul qilingan: unga ko‘ra, o‘t ochishni vaqtinchalik to‘xtatish bilan tomonlar odamlarni evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar yaratish hamda «eng shiddatli janglar kechayotgan joylarga oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan».
- Putin to‘xtamoqchi emas. Rossiya prezidenti Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan 90 daqiqa davom etgan telefon muloqotida Ukraina Rossiyaning shartlarini qabul qilmasa, hujumni davom ettirishga «qat’iy qarori»ni bildirgan. U Rossiya qo‘shinlari Ukraina shaharlarini o‘qqa tutayotgani haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan. Keyinroq Putin Xavfsizlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishida so‘zga chiqib, rossiyaliklarni «maxsus harbiy operatsiya reja bo‘yicha» ketayotganiga ishontirdi va halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga 5 million rubl miqdorida kompensatsiya va’da qildi.
- Ukraina shaharlarini o‘qqa tutish va janglar davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Chernigovda o‘tgan kun davomida vayronalar ostidan 33 kishining jasadi topilgan, shuningdek 18 kishi yaralangan. Xarkov o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 13 kishi jarohat olgan. Energodarda ham janglar ketmoqda.
- Zelenskiy Putinga: «Men bilan muzokara stoliga o‘tir, nimaga qo‘rqyapsan? Shols yoki Makron bilan bo‘lgani kabi 30 metr narida emas, yonma-yon o‘tirib gaplashaylik. Axir men qo‘shniman, tishlab olmayman, tuppa-tuzuk erkakman. Biz hech kimga tahdid qilmayapmiz, terrorchi emasmiz, birovning yerini tortib olmoqchi ham emasmiz. Biz NATOda emasmiz, yadro qurolimiz ham yo‘q».
Quyidagi materialda urushning sakkizinchi kunidagi vaziyatni ifoda etuvchi suratlar.
Mavzuga oid
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024