«Sizlarning duolaringiz har narsaga qodir» – Shavkat Mirziyoyev
Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boshlandi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, prezident o‘z nutqini norasmiy tarzda boshladi va bugungi ochiq havoga e’tibor qaratdi.
“Assalomu alaykum, aziz va mo‘tabar onaxonlar! Munis opa-singillar! Dilbar qizlarim! Kuni kecha kuchli yomg‘ir yog‘gandi, bugungi prognozlar bo‘yicha ham jala quyishi kerak edi. Lekin sizlarning duolaringiz kuch-qudrati nimalarga qodir. Havo juda ochiq, sizlarning kayfiyatingiz kabi chiroyli.
Barchangizga chuqur hurmat-ehtiromimni va eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Avvalo, oilangiz va yaqinlaringiz baxtiga, qolaversa, ayol qadrini e’zozlab yashaydigan el-yurtimiz baxtiga sog‘-omon bo‘lishingizni, doimo mana shunday go‘zal bahoriy kayfiyatda yurishingizni tilayman.
“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” degan ezgu tamoyil asosida, 2021 yilda 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik yordamlar ko‘rsatildi. Bu maqsadlar uchun budjetdan 2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Xususan, 18 mingta ayollarga uy-joy xarid qilish uchun, 400 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari uchun bog‘cha xarajatlarini budjetdan qoplash tartibi joriy etildi.
Yana bir muhim raqamga e’tibor bering. Faqatgina 2021 yilning o‘zida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2 trillion so‘mdan ziyod kredit va subsidiyalar ajratildi. Natijada, 320 mingdan ortiq opa-singillarimiz, doimiy ish va daromadga ega bo‘ldilar”, – deya davlat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi
14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi
14:08 / 12.07.2024
“Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi” – prezident
08:25 / 12.07.2024