Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Rossiya nefti importini taqiqlaydi
Ma’lumotlarga ko‘ra, taqiq Rossiya nefti, suyultirilgan gaz va ko‘mirini o‘z ichiga oladi.
Foto: Reuters
AQSh Rossiya neftini import qilishni taqiqlashga qaror qildi, deya o‘z manbalariga tayanib xabar tarqatdi Bloomberg. Agentlikning yozishicha, 8 mart kuni Oq uy bu borada bayonot bilan chiqadi.
Taqiq Rossiya nefti, suyultirilgan gaz va ko‘miriga taalluqli bo‘lishi aytilmoqda.
Rossiyaning Ukrainaga hujumi davom etayotgan ayni vaziyatda Rossiya nefti va gazi AQSh va Yevropa mamlakatlari sanksiyalaridan chetda qolmoqda. Bunga Yevropaning Rossiya gazi va neftiga bog‘liqligi sabab bo‘lmoqda. Kanada hukumati o‘tgan oyda Rossiyaning barcha neft mahsulotlari importiga taqiq qo‘ygan, ammo bu ramziy tusga ega, chunki mamlakat 2019 yildan buyon Rossiyadan neft olmaydi.
Mavzuga oid
20:10
Rossiya Trampning «Tinchlik kengashi» birinchi yig‘ilishida ishtirok etmaydi
16:17
Netanyahu yana AQShga kelyapti: “Eron masalasi” kun tartibida
14:08
Aliyev va Vens strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi
13:57