Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron dron va raketalar joylashtirilgan yerosti bazasini namoyish etdi
Ma’lumot berilishicha, harbiy bazadan bir vaqtning o‘zida 60ta dron havoga ko‘tarilishi mumkin.
Eron raketalar va zarba beruvchi dronlar joylashtirilgan yerosti bazasini namoyish etdi, deb xabar berdi Press TV.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy-kosmik kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizodaning so‘zlariga ko‘ra, yangi harbiy bazadan bir vaqtning o‘zida 60ta dron havoga ko‘tarilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Eron dronlari dushmanning havo hujumidan mudofaa tizimini yakson qila oladi. Dronlarning parvoz masofasi 2 ming kilometrni tashkil etadi.
Bazada shuningdek, «yer-yer» sinfidagi raketalar joylashgan.
Eron o‘tgan yil noyabrda Arash kamikadze-dronini namoyish etgandi.
Mavzuga oid
08:55
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026