Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda fuqarodan ma’lumotlarini internetda tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan jurnalist qo‘lga olindi
U fuqarodan xizmatga oid ma’lumotlarini internetda tarqatmaslik uchun 1 500 AQSh dollari talab qilgan.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 9 mart kuni fuqaro N.N. viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida D.B. xizmatga oid ma’lumotlarini internetda tarqatish bilan tahdid qilib, 4 mart kuni 3 mln so‘m olganini, hozirda yana 1 500 AQSh dollari talab qilib kelayotganini bildirgan.
Viloyat IIB xodimlari tomonidan 9 mart kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida soat 23:36da Navoiy shahridagi kafelarning birida D.B. fuqaro N.N.dan talab qilingan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda u JPK talablari asosida ushlangan.
Mavzuga oid
18:35 / 04.07.2026
Premium Pro ishi: va’dalar, sirlar va xonavayron bo‘layotgan odamlar (2-qism)
11:31 / 02.07.2026
Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
19:53 / 16.01.2026